16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshdi. Uch yil oldin kripto valyuta ushbu belgiga yaqinlashgan edi, ammo bu ko‘rsatkichdan o‘tolmay qulab tushdi, deya xabar bermoqda Spot.

Hozirda BTC’ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi.

Foto: coindesk.com

2020 yilda milliarderlar va yirik kompaniyalar bitkoinga sarmoya kiritdilar. Masalan, bahorda, inqiroz avjiga chiqqan paytda Tudor Investment xejfondi asoschisi Pol Tyudor Jons 50 mln dollarlik kripto valyuta sotib oldi. Taxminan boyligi 4,4 mlrd dollarga teng bo‘lgan Stenli Drakenmiller bitkoinni sotib olishi to‘g‘risida noyabr oyida e’lon qilgan edi.

Shu bilan birga, mayda investorlarning kripto valyutaga bo‘lgan qiziqishi 2017 yilga qaraganda ancha past. Google Trends ma’lumotlariga ko‘ra, raqamli pullar hozirgi paytda jismoniy shaxslarning e’tiborini uch yil avvalgiga qaraganda qariyb 4 baravar kam jalb qilmoqda.