17 noyabr kuni soat 16:17 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, zilzila epitsentridagi magnituda 4,6 ni, chuqurligi esa 10 kmni tashkil etgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda joylashgan.

Zilzila epitsentridan masofa va O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi:

  • Xonobod tumanida (32 km) — 3−4 ball.
  • Qo‘rgontepa tumanida (40 km) — 3 ball,.
  • Jalaquduq tumanida (53 km) — 3 ball.
  • Paxtaobod tumanida (54 km) — 3 ball.
  • Andijon tumanida (58 km) — 2−3 ball.
  • Xo‘jaobod tumanida (64 km) — 2−3 ball.
  • Andijon shahrida (67 km) — 2−3 ball.
  • Izboskan tumanida (68 km) — 2−3 ball.
  • Buloqboshi tumanida (72 km) — 2−3 ball.
  • Uchqo‘rg‘on tumanida (77 km) — 2 ball.
  • Oltinko‘l tumanida (80 km) — 2 ball.
  • Asaka tumanida (83 km) — 2 ball.
  • Norin tumanida (88 km) — 2 ball.
  • Marhamat tumanida (89 km) — 2 ball.