9 sentabr kuni Toshkent vaqti 02:00 da Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila epitsentri — Andijon viloyati, Asaka tumani. Zilzila koordinatalari: 40,58 daraja shimoliy kenglik; 72,16 daraja sharqiy uzunlik. Magnituda — 3,3. Chuqurlik — 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 259 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Asaka tumanida 2 ball, 11 km.
  • Shahrihon tumanida 2 ball, 14 km.
  • Marhamat tumanida 2 ball, 14 km.
  • Quva tumanida 2 ball, 14 km.

Ushbu zilziladan biroz avvalroq, soat 01:29 da Qirg‘izistonda ham zilzila sodir bo‘lgan. Silkinish kuchi Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatida ham sezildi.

Zilzila koordinatalari: 39,79 gradus shimoliy kenglik; 69,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4,6. Chuqurlik — 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 168 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Bekobod shahrida 2−3 ball, 58 km.
  • Shirin shahrida 2−3 ball, 68 km.
  • Bekobod tumanida 2 ball, 78 km.
  • Yangiobod tumanida 2 ball, 81 km.
  • Boyovut tumanida 2 ball, 89 km.

Zilzila Toshkentda ham sezilgan, biroq silkinish kuchi seysmik markaz ma’lumotida ko‘rsatilmadi.