5 fevral kuni soat 9:16 da O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida zilzila sezildi. Uning epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan, deya xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 573 km janubiy-sharqda joylashgan. Uning magnitudasi — 6,8. O‘choq chuqurligi — 225 km.

O‘zbekiston hududlarida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4 ball, epitsentrdan 355 km.
  • Farg‘ona viloyatida 3−4 ball, 455 km.
  • Sirdaryo viloyatida 3−4 ball, 506 km.
  • Andijon viloyatida 3−4 ball, 508 km.
  • Jizzax viloyatida 3−4 ball, 510 km.
  • Samarqand viloyatida 3−4 ball, 518 km.
  • Namangan viloyatida 3−4 ball, 523 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 3−4 ball, 545 km.
  • Toshkent shahrida 3 ball, 573 km.
  • Navoiy viloyatida 3 ball, 653 km.
  • Buxoro viloyatida 3 ball, 698 km.
  • Xorazm viloyatida 2−3 ball, 1074 km.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ball, 1198 km.