23 dekabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 12:21da zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar berdi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 15 km chuqurlikda yuzaga kelgan va magnituda 3,1 ballni tashkil qilgan.

Tumanda ertalab soat 06:04 da ham zilzila qayd etilib. Unda magnituda 3,2 ballga teng bo‘lgan.

Har ikki holatda ham zilzila epitsentri Toshkent shahridan 196 km uzoqlikda joylashgan.