18 dekabr kuni soat 10:43 da O‘zbekistonning qator hududlarida yer qimirlashi sezildi. FVVning Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Qirg‘izistondagi Botken viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh Leylek tumanida bo‘lgan.

Epitsentrda zilzila magnitudasi 4,6 ballni tashkil qilgan. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — janubi-sharqiy yo‘nalishda 150 km.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida zilzila kuchi — 2 ball, Sirdaryoda — 2 ball, Farg‘ona vodiysida — 2 balldan 3 ballgacha bo‘lgan.