Xitoyning Sichuan provinsiyasida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi, deya xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

«Butun Xitoy xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi», — deb yozdi u.

5 sentabr kuni Xitoy janubi-g‘arbidagi Ludin Ganszы-Tibet avtonom prefekturasining Luding okrugida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i 16 km chuqurlikda joylashgan, deya xabar bermoqda «Sinxua» agentligi Xitoy seysmologik tarmoqlar markaziga tayanib.

6 sentabr holatiga ko‘ra, 66 kishi ofat qurbon bo‘lgan, yana 15 kishi bedarak yo‘qolgan, 253 nafar aholi tan jarohati olgan, ulardan besh nafarining ahvoli hozirda o‘ta og‘ir, 70 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.

Zilzila tufayli Sichuan provinsiyasi ma’muriyati eng yuqori darajali favqulodda holat rejimini joriy qildi.