15 sentabr kuni soat 16:24 da Andijon viloyatida zilzila yuz berdi, deya xabar qilmoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila epitsentri — Andijon viloyati, Izbosgan tumani. Zilzila koordinatalari: 40,92 daraja shimoliy kenglik; 72,34 daraja sharqiy uzunlik. Magnituda — 3,4. Chuqurlik — 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 265 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida 3−4 ball, 16 km.

9 sentabr kuni ham epitsentri Andijon viloyatida joylashgan zilzila qayd etilgandi. Zilzila kuchi 2 ballni tashkil etgandi.