14 mart kuni 11:30 da Toshkentda kuchsiz zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, uning epitsentri Tojikistonning So‘g‘d viloyati hududida joylashgan.

Zilzila magnitudasi epitsentrda 4,7 ni tashkil etdi. Toshkentdan 126 km janubiy-sharqda. Chuqurlik — 15 km.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi Toshkent shahri va viloyatida 2 ball. Zilzila Sirdaryo viloyatida ham sezilgan.