14 oktabr kuni tongi soat 04:39 va 05:16 da Qozog‘istonning Toshkentga yaqin bo‘lgan joyida zilzila yuz berdi, deya xabar qilmoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Birinchi zilzila koordinatalari: 41,54 gradus shimoliy kenglik; 69,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi — 2,5. Chuqurlik — 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 31 km shimoliy-g‘arbda.

Ikkinchi zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 69,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi — 2,6. Chuqurlik — 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 33 km shimolda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Toshkent tumanida 2 ball.