3-may, chorshanba kuni soat 14:51 da Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 474 km janubiy-sharqda joylashgan, chuqurligi 255 kmni tashkil etadi.

Zilzila Toshkentda ham sezildi, biroq seysmik markaz O‘zbekiston hududidagi silkinishlar kuchi haqida ma’lumot bermadi.