Tojikistonda mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida kecha tunda mamlakatda yuz bergan zilziladan ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi, deya xabar berdi «Xovar» davlat axborot agentligi.

Eslatib o‘tamiz, 23 martga o‘tar kechasi Tojikistonda sodir bo‘lgan 6 magnitudali zilzila O‘zbekistonda ham sezilgan edi. Zilzila epitsentri Ko‘histoni Mastchoh tumani, Langar qishloq jamoati Paldorak qishlog‘ida, 11 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi epitsentrida 5−6 ball, poytaxt Dushanbeda esa 3−4 ballni tashkil qilgan. Ertalab sodir bo‘lgan ikkinchi zilzila o‘chog‘i ham xuddi shu hududda bo‘lib, magnitudasi 4,8 ballni tashkil qilgan.

23 mart kuni tushdan keyin ishchi guruh voqea joyiga borib, tabiiy ofat oqibatlari bilan tanishdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tumanning olti qishlog‘ida asosan poydevori bo‘lmagan yordamchi inshootlar shikastlangan. Uylar va yo‘llar qisman shikastlangan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.

Viloyatda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi. Mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda zarar ko‘rgan uylarda istiqomat qiluvchi oilalar xavfsiz joylarga ko‘chirilishi, zilziladan jabr ko‘rgan aholiga qurilish materiallari, un, yog‘, guruch, go‘sht qisqa muddatlarda yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Jurnalist Hikmat Fitratiy Facebook`da voqea joyidan suratlarni joylashtirdi.

«22 martdan 23 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila natijasida [bir qancha qishloqlar]dagi o‘nlab molxonalar vayron bo‘lgan, shuningdek, ba’zi uylarda yoriqlar paydo bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, aholining chorva mollari qulab tushgan molxona tomlari ostida nobud bo‘lgan», — deb yozadi u.

Foto

zilzila, zilzila oqibatlari, тожикистон, қоҳир расuлзоda

Foto: Fitrati Hikmat

Foto: Tojikistonning So‘g‘d viloyati ma’muriyati