17-iyun, shanba tongida O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Mahalliy vaqt bilan 04:02 da (16.06.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 23:02 da) zilzila sodir bo‘lgan. Epitsentr: Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani.

Zilzila koordinatalari: 38,79 gradus shimoliy kenglik; 67,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 299 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Sariosiyo tumanida 4 ball, 8 km.
  • Denov tumanida 2−3 ball, 52 km.
  • Shahrisabz tumanida 2 ball, 65 km.
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 69 km.
  • Uzun tumanida 2 ball, 76 km.
  • Kitob tumanida 2 ball, 82 km.

So‘nggi bor 1-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 08:21 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri O‘zbekistonda ham sezilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratildi. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.

“O‘xshash xabarlar” bo‘limida zilzila haqidagi afsona va haqiqatlar, shuningdek, yer qimirlagan paytda nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi xususida materiallar bilan tanishish mumkin.