Si Szinpin 5 yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi. U uchinchi muddatga prezident etib saylangan XXRning ilk rahbari bo‘ldi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni Ukraina-Rossiya mojarosida ikkala tomonda ham o‘ynash va Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishni ko‘rib chiqayotganlikda ayblagandi. Xitoy TIV rasmiysi Mao Nin AQShning o‘zi urushni halokatli qurollar bilan ta’minlab, faktlarni buzib ko‘rsatayotganini bildirdi.
Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Xitoyning «Ukraina inqirozi»ni hal qilish bo‘yicha «tinchlik rejasi»ga munosabat bildirdi. Avvalroq Rossiya tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Zelenskiy taklifda «tinchlik rejasi»ni ko‘rmagan, Bayden esa buni faqat Rossiya uchun manfaatli deb hisoblaydi.
Xitoy Ukraina inqirozini siyosiy hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat o‘z pozitsiyasini taqdim qildi. Unda «sovuq urush haqidagi fikrlardan voz kechish» va barcha mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilish, shuningdek, yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etilgan.
Energetika vazirligi Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoyning ikki kompaniyasi bilan hamkorlik haqida kelishuv imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi Szyan Yanni qabul qildi. Prezident diplomatga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordenini topshirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov missiyasini yakunlayotgan Pokiston va Xitoy elchilari bilan uchrashdi. Vazir elchilardan hamkasblariga salom yetkazishni so‘radi.
O‘zbekiston va Xitoyning gaz eksporti bo‘yicha ma’lumotlari 159,5 mln dollarga farq qilmoqda. Energetika vaziri Xitoy statistikada turkman gazining tranzitini hisobga olganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» hisoblab, hatto tranzitni qo‘shganda ham statistika keskin farq qilayotganini aniqladi.
2022 yilda O‘zbekistonning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi 1,07 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 33,9 foizga ko‘pdir.
Qariyb 3 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy muntazam aviaqatnovlarni tikladi. 10 yanvar kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekinga ilk reysni amalga oshiradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga mamlakatning sobiq xalq raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan maktub yo‘llab, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.
Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.
O‘zbekiston Xitoy bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 506,8 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammiti kun tartibini, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish, innovatsiyalar, muqobil energetika, bulutli texnologiyalar va IT sohasida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Qozog‘iston Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi hamda AQSh, Turkiya va Xitoy timsolida ittifoqchi qidira boshladi, deb yozadi WSJ. Mamlakat savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishga tushdi, mudofaa budjetini oshirdi va Turkiya bilan jangovar dronlarni ishlab chiqarishga kelishib oldi.
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan Nukus voqealariga munosabat bildirib, «O‘zbekiston tinchlik va birlikni saqlab qolishga qodirligiga» ishonishini ma’lum qildi. Turkiya TIV rahbari esa xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta’minlashdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi. Natijada mamlakat Xitoyning gaz importyorlari orasida kuchli beshlikka kirdi. Avvalroq, rasmiylar yoqilg‘i eksportin ichki bozor va qayta ishlash foydasiga qisqartirilishi haqida ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Xitoydan mamlakatda qo‘shma ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar beg‘araz moliyaviy yordam oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting