Poytaxt iste’molchilarining ehtiyojini ta’minlash uchun Toshkent viloyatida umumiy quvvati 2400 megavattli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etiladi. O‘zbekiston 24 telekanali bu haqda reportaj tayyorladi.

Xususan, ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi ishtirokida Yuqori Chirchiq tumanidagi «O‘zsuvta’minot» AJ hududida quyosh FES qurilish ishlari boshlangan. Ushbu obyektning quvvati 400 MVt.

Ikkinchisi China Gezhouba Group Investment (Xitoy) kompaniyasi ishtirokida Yuqori Chirchiq tumanida barpo etiladi. Quvvati 700 MVt bo‘lgan quyosh FESni qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlarini (100 MVt) joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, China Datang Overseas Investment (Xitoy) 2 ta hududda: Ohangaron tumanida 1000 MVt va Bo‘ka tumanida 300 MVt quvvatli quyosh FESni quradi.

тошкент, ўзбекистон, хитой, quyosh fotoelektr stansiyasi

Videodan kadr / «O‘zbekiston 24» telekanali

«Bu quvvatlarni ishga tushirish natijasida biz Toshkentning 75% elektr energiyaga bo‘lgan talabini qondirishga erishamiz», — dedi Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i Mirolim Saidov.

Ushbu obyektning qurilishiga 18 mart kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev start bergandi.