26-aprel kuni Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Istanbulga uchayotgan samolyoti bortida o‘g‘il bola dunyoga keldi. Styuardessalar “Gazeta.uz”ga tug‘ruq qanday ro‘y berganini so‘zlab berishdi. “Samolyotda bitta katta oiladek edik — 246 qarindosh va hamma kutardi: kimdir nabirasini, kimdir jiyanini, ukasini”.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.
Uzbekistan Airways Litva kompaniyasidan uzoq masofalarga uchuvchi ikkita Airbus A330 samolyotini bir yil muddatga ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda ijaraga oldi. Ulardan birinchisi Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Mazkur samolyotning ilk reysi 23-aprel kuni Istanbulga rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airways 23−31 mart kunlari 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi. Chegirma Yoshlar turizmi haftaligi o‘tkazilishi munosabati bilan taqdim etilmoqda.
Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar kompaniyaga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Toshkentdan Moskvaga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti 210 nafar yo‘lovchi bilan aeroportda 4 soat davomida qolib ketdi. Voqeaga sabab deya ob-havo sharoitining talabga javob bermagani, shuningdek, bortdagi ayol o‘zini yomon his qila boshlagani keltirildi.
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.
Uzbekistan Airways 26 martdan Toshkentdan Londonga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Toshkent — London — Toshkent aviaqatnovlari haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 26 martdan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tadi. Mavsumda Nyu-York, Frankfurt, Riga, Tel-Aviv, Boku, Tbilisi kabi xalqaro yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar va mahalliy reyslar soni oshiriladi.
Uzbekistan Airways bahor mavsumidan boshlab Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi talabalar uchun aviaqatnovlarga beriladigan 50 foizli chegirma muddatini 23 yanvarga qadar uzaytirdi.
Uzbekistan Airways noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg kabi shaharlarga qo‘yilgan reyslar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, mahalliy aviaqatnovlarning ham ayrimlari bekor qilindi.
Qariyb 3 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy muntazam aviaqatnovlarni tikladi. 10 yanvar kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekinga ilk reysni amalga oshiradi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi to‘rtinchi Airbus 321neo havo kemasi olib kelindi. Samolyot 188 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, 6850 km masofagacha parvoz qila oladi. 2022 yil oxirigacha xuddi shunday havo kemasidan yana bitta sotib olinadi.
Uzbekistan Airways`ni isloh qilishga Turkish Airlines`ning sobiq raisi Ilker Ayji jalb qilindi. U O‘zbekiston prezidentiga aviakompaniyani transformatsiya qilish strategiyasi haqida axborot berdi. Uzbekistan Airways`ni yetakchi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantirish rejalashtirilmoqda.
Uzbekistan Airways Konstitutsiya kuni munosabati bilan barcha aviaqatnovlar uchun 8% chegirma e’lon qildi. Chegirma 25 noyabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.
Fransiya O‘zbekistonga umumiy qiymati salkam 800 mln yevroga teng 12 ta Airbus A320neo va A321neo samolyotlari, shuningdek, 5 ta ATR 72−600 samolyotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, ikkita Airbus H145 vertolyotini xarid qilish rejalashtirilgan.
14 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan bir qator parvozlar majburiy kechiktirildi.
24 noyabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi «Keksalar turizmi oyi» munosabat bilan keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun parvozlarda 25% chegirma e’lon qildi. Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 1 noyabrdan 30 noyabrigacha amal qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting