Uzbekistan Airways 19 va 20-iyun kunlari Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

19-iyun kuni Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha parvoz amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 19-iyun kuni Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham qo‘shimcha aviaqatnov rejalashtirilgan.

20-iyun kuni esa Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 20-iyun kuni Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.