7-iyun kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro ayeroportiga kelib qo‘ngan. Bunga sabab tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin ayeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasasiga yotqizilgan.