Uzbekistan Airways 27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.

27-iyun kuni Toshkent-Urganch-Toshkent, Toshkent-Nukus-Toshkent, Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishlarida qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi.

28-iyun kuni Toshkent-Termiz-Toshkent, 30-iyun kuni esa Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2-iyul kuni Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.