Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga bayram chegirmasini e’lon qildi.

8-iyundan boshlab aviakompaniyaning 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslarning aviachiptalariga 50 foizlik chegirma taqdim etiladi.

Hozircha Qurbon hayitini nishonlashning ehtimoliy sanasi 28-iyun ekani taxmin qilinmoqda. Uning aniq sanasi Musulmonlar idorasi tomonidan e’lon qilinadi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Prezidentning rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023-yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 30-iyun — juma, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul — shanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.