Toshkent viloyatida YPX xodimlarining mashinalariga 360 darajada qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma o‘rnatildi. U tezlikni oshirgan, svetoforga amal qilmagan, to‘xtash, to‘xtab turish va boshqa qoidalarni buzgan mashinalarni aniqlaydi.
Toshkentga keltirilgan katta hajmli yangi avtobuslar taqdimotida transport vaziri voz kechilgan tramvay va trolleybuslar va poytaxt markaziga tezda qaytarishning iloji yo‘q tramvaylar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek u ko‘chalarni kengaytirish hamda yo‘l o‘tkazgichlar qurish xato ekanini aytdi.
2017−2022 yillarda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi. 2022 yilda transportda 6,1 mlrd kishi tashildi. Bunda avtomobillar ulushi yuqori bo‘ldi. Endilikda jamoat transporti qamrovini 95% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Toshkentning Sergeli vokzalidan Kaspiy dengizi orqali O‘rta koridor bo‘ylab birinchi konteyner blok poyezdi jo‘natildi. U Bolgariyaning Burgas portiga mis konsentratlarini olib ketdi.
Tarmoqlarda jamoat transporti uchun Humo kartasidan to‘lov qilinganda yana bir necha bor pul yechib olinmoqda. ATTO rahbari Davron Shoyakubovning aytishicha, muammo Humo va ATTO tizimlari xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda va ortiqcha yechib olingan pullar 48 soat ichida qaytariladi.
Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi. «Agar biz transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlay olmaymiz», — dedi u.
ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov turkmanistonlik hamkasbi bilan Van ko‘li orqali Turkiyaga yuklarni intermodal tashishlarni, Eron vaziri bilan esa Chobahor portidan O‘zbekistonga pilot yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.
Shavkat Mirziyoyev eksportyorlar uchun eng maqbul yo‘nalishlarni ishlab chiqish va ularning transport xarajatlarini kamaytirish, eksport yuklarini Yevropaga olib o‘tish uchun qo‘shimcha ruxsatnomalar olish masalalarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston texnologiyalarda ancha qolib ketganligini ta’kidlab, buni aeroport terminali zinali qurilganligi va yaqin o‘tmishda tramvaylardan voz kechilganligi bilan tushuntirib berdi. «Toshkent xalqaro aeroportining yangi kelish zali yoki ichki qatnovlar uchun qurilgan yangi aeroport binosi yap-yangi, lekin yonidagi 50 metr nariroqda, 50 yil oldin barpo qilingan binodagi texnologiyani ham ishlatmagan. Bilib turib voz kechilgandek», — deb yozadi iqtisodchi.
O‘zbekiston xalqaro yuklarni tashishni soddalashtirishga mo‘ljallangan «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida temir yo‘llarini elektrlashtirish darajasi amaldagi 40 foizdan 60 foizga oshirilishini ta’kidladi. Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.
Transport vazirligi idora inspektorlari qanday vakolatga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, yo‘l nosozligi sababli sodir bo‘lgan YTHlar bo‘yicha zarar yo‘l qaysi tashkilot balansida bo‘lsa, o‘sha tashkilot tomonidan qoplab berilishi aytildi.
SIMETRA kompaniyasi Samarqandda transportni rivojlantirish loyihasining bosh rejasini ishlab chiqadi. Ushbu reja avgust oyining ohirigacha amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 22 foiz aholining jamoat transportidan foydalanayotgani va avtobuslar sifati pastligini ta’kidladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani ham qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda tirbandlik kuzatilayotgan ko‘p qatorli yo‘llarning bir qismini jamoat transporti uchun ajratish, markaziy ko‘chalarda parkomatlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yo‘lakchalarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting