Samarqand shahrida SHHT sammiti o‘tkazilishi sabab yopilgan yo‘llarda transport harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Samarqand IIB axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, 14 sentabrdan 17 sentabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanishi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, rejaga ko‘ra Samarqand aeroporti ham 17 sentabr soat 00:01 dan boshlab tijoriy muntazam va nomuntazam yo‘lovchi hamda yuk reyslarini qayta qabul qila boshlashi kerak.