O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov 18-iyun kuni Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazposh bilan uchrashdi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Tomonlar “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron” transport multimodal koridorini rivojlantirish va undan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, ular yaqin vaqt ichida Eron tomonidan yuklarni avtomobil transportida tashish uchun O‘zbekiston milliy tashuvchilaridan undiriladigan to‘lovlarni paritet asosda kamaytirish, shuningdek, yoqilg‘i uchun soliq to‘lovlarini boshqa davlatlarniki bilan tenglashtirish bo‘yicha hujjatni kelishib oldi.

Bundan tashqari, tomonlar Eron-O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish, shuningdek, Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida terminal va omborlar qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.