Toshkentda erta tongdan havoning ifloslanish darajasi me’yordan oshmadi. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, soat 8:00 da PM2,5-mayda dispersli zarrachalarning miqdori 5,0 mkg/m3 bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan (5 mkg/m3) yuqorilamagan.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “O‘zgidromet”ning avtomatik monitoring stansiyasidan olingan PM2,5 va PM10 ko‘rsatkichlari.Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “O‘zgidromet”ning avtomatik monitoring stansiyasidan olingan PM2,5 va PM10 ko‘rsatkichlari.

PM10 zarralarining tarkibi 27,2 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu SanEQvaN 0293−11 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan past.

Uglerod oksidi CO (avtomobillar va sanoat korxonalari chiqindilari) 0,6 mg / m3 ni tashkil etdi va SanEQvaN 0293−11 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmadi.

Havo sifati yaxshilanganini IQAir sayti tasdiqladi, unga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtidagi havo sifati hozirda “yaxshi”.

Bir kecha-kunduzda havoning ifloslanish darajasi “juda zararli” darajada bo‘ldi, Toshkent havo iflosligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.