28-dekabr kuni Toshkent shahri xalq deputatlari kengashi shahar va undagi tumanlarning 2024-yilgi budjetini tasdiqladi. Kengash raisi tomonidan imzolangan Toshkentning bosh moliyaviy hujjati jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinmadi.

Kengash sessiyasi 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi, biroq yig‘ilish jonli efirda ko‘rsatilmadi, yozib olingan videosi ham hech qayerda e’lon qilinmadi. Hokimlik Telegram kanalida e’lon qilingan press-relizda 2024-yilgi budjet qabul qilinishi haqida so‘z bormagan. Xabarda ta’kidlanishicha, deputatlar 2023-yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha budjet ijrosini ko‘rib chiqqan, biroq bu hujjat E-Qaror`da e’lon qilinmagan yoki yashirin shaklda joylangan.

Ko‘rsatkichlar2023-yil prognozi
2024-yil prognozi
1.
Yalpi hududiy mahsulot (YAHM), mlrd so‘m
176 212,10
210 726
2.
YAHM o‘sishi, %
6,3
7,1
3.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishi, %
6,2
6,4
4.
Xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi, %
16,5
11,1
6.
Qurilish ishlarining o‘sishi, %
6,2
6,7

Prognozga ko‘ra, yalpi hududiy mahsulot (YAHM) 7,1 foizga (2023-yil uchun 6,3 foiz prognoz qilingandi) — 210,73 trln so‘mgacha (176,2 trln so‘m), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,4 foizga (6,2 foiz), xizmat ko‘rsatish sohasi — 11,1 foizga (16,5 foiz), qurilish — 6,2 foizga (6,2 foiz) o‘sadi.

Poytaxt budjeti tumanlarni hisobga olmaganda 8,08 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (6,41 trln so‘m) 26 foizga ko‘p. Hududlarni hisobga olgan holda — 9,16 trln so‘m.

Ko‘rsatkichlar
2023-yil
2024-yil
O‘sish (%)
Jami

6 414 010 365
8 077 400 964
25,9
1.
Yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i585 048 019
796 235 220
36,1
2.
Jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘i
751 998 080
1 530 800 260
103,6
3.
Yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yonilg‘isi va gaz sotishdan olinadigan soliq
321 083 000
427 394 000
33,1
4 .
Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i
932 863 000
1 248 523 000
33,8
5 .
Yuridik shaxslar uchun yer solig‘i
714 780 000
712 648 000
-0,3
6.
Aylanmadan olinadigan soliq788 871 000
711 945 039
-9,8
7.
Davlat boji
657 141 000
606 035 000
-7,8
8 .
Jarimalar
474 544 000
618 559 000
30,3
9 .
Davlat tashkilotlarining sof foydasidan olinadigan daromadlar
166 180 000
394 364 831
137,3
10 .
To‘lovlar
428 399 000
487 838 000
13,9
11.Xususiylashtirish
100 000 000
29 200 000
-70,8
12.
Metall bo‘lmagan qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
20 630 000


13.
Mobil aloqa xizmatlaridan aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar
81 987 795
201 397 128
145,6
14.
Alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, pivo uchun aksiz solig‘i
191 139 648
222 740 969
16,5
15.
Tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i
199 345 823
89 720 517
-55,0


Agar o‘tgan yili budjet daromadlarining asosiy qismi yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i (932,9 mlrd so‘m) daromadlari hisobidan shakllantirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, yangi yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHODS) hisobidan shakllantiriladi — 1,53 trln so‘m. Prognozlarga ko‘ra, daromad solig‘i tushumlari ikki baravar ko‘payadi (2023-yilda bu miqdor 752 mlrd so‘m bo‘lishi kutilgan edi).

budjet daromadlarining ikkinchi asosiy manbai yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘lishi kerak — 1,25 trln so‘m (+33 foiz).

Keyingi o‘rinda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i — 796,2 mlrd so‘m (585 mlrd so‘m), tushum 36 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, davlat tashkilotlarining sof foydasi — 394,4 mlrd so‘m (+2,4 baravar) va mobil aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i — 201,4 mlrd so‘m (+2,5 baravar) ham keskin o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i — 712,6 mlrd (-0,3 foiz), aylanmadan olinadigan soliq — 711,9 mlrd so‘m (-9,8 foiz), davlat boji — 606 mlrd so‘m (-7,8 foiz), tamaki mahsulotlaridan olinadigan aksiz solig‘i — 89,7 mlrd so‘m (2 barobardan ortiq) hajmi kamayishi kutilmoqda.

Xususiylashtirish ishlaridan 29,2 mlrd so‘m olish ko‘zda tutilgan, joriy yilda bu ko‘rsatkich 100 mlrd so‘m edi.

Toshkent shahri va tumanlari budjetining 2024-yildagi daromadlari va xarajatlari prognozlari

№.
Shahar va tumanlarning nomlari
2023-yil uchun prognozlar
2024-yil uchun prognozlar
O‘sish, %

Jami
7 739 304 365
9 677 188 925
25,0
1 .
Toshkent
6 414 010 365
7 563 542 350
17,9
2.
Shayxontohur tumani
118 017 000
139 466 961
18,2
3.
Uchtepa tumani
124 639 000
154 517 000
24,0
4 .
Chilonzor tumani
127 654 000
153 846 000
20,5
5 .
Mirobod tumani
93 697 000
120 121 000
28,2
6.
Mirzo Ulug‘bek tumani
137 095 000
168 227 000
22,7
7.
Yakkasaroy tumani
73 992 000
100 504 000
35,8
8 .
Olmazor tumani
133 872 000
154 485 000
15,4
9 .
Yashnobod tumani
136 638 000
161 928 000
18,5
10 .
Sergeli tumani
108 642 000
125 483 000
15,5
11.Bektemir tumani
60 311 000
67 068 000
11,2
12 .
Yunusobod tumani
139 497 000
174 544 000
25,1
13 .
Yangihayot tumani
71 240 000
79 598 000
11,7

Toshkent shahriga respublika budjetidan qo‘shimcha 513,86 mlrd so‘mlik transfertlar olinadi, bu esa poytaxt budjetining xarajatlar qismida o‘z aksini topadi.

2024-yilga mo‘ljallangan budjet daromadlari va xarajatlari prognozlari barcha hududlarda va alohida Toshkent shahrida 2023-yil prognoziga nisbatan o‘sdi. Xususan, Yakkasaroy (+35,8 foiz), Mirobod (+28,2 foiz) va Yunusobod (+25,1 foiz) tumanlarida eng yuqori o‘sish kutilmoqda.

Uchtepa tumani budjeti (153,5 mlrd so‘m) Chilonzor tumani budjetidan (153,8 mlrd so‘m) ko‘p bo‘ldi.

Toshkent shahar budjetining birinchi yarimyillikdagi xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, hokimlik kam ta’minlangan oilalar, maktab, bog‘cha va shifoxonalarni ta’mirlash uchun belgilanganidan kamroq mablag‘ ajratgan. Liftlarni yaxshilash va ta’mirlash xarajatlari ham kamaydi, ammo qurilish va “boshqa maqsadlar” uchun xarajatlar ko‘paydi.