Jinoiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Toshkent shahrida jinoiy faoliyatda gumon qilinib, yana 8 nafar erkak qo‘lga olindi. Bu haqda ularning suratlarini e’lon qilgan poytaxt IIB matbuot xizmati xabar berdi. Ushlanganlar operatsiya doirasida hibsga olinganlarning deyarli barchasi kabi suratlarda pastga qarab turibdi.

Hibsga olinganlar ro‘yxati:

  • Doniyor Baxtiyorovich Yuldoshev (1984-yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi;
  • Fazliddin Fayzullayevich Alimov (1988) — Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi;
  • Shovkat Shuxratovich Quvatov (1991) — Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi;
  • Nuriddin Baxtiyarovich Tulyaganov (1988) — Jinoyat kodeksi 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi;
  • Ilxom Mahmudjonovich Sotvoldiyev (1986) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi;
  • Doniyor Faxriddin o‘g‘li Yunusov (1992) — Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi va 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi;
  • Baxtiyor To‘lqin o‘g‘li Erkinov (1992) — Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi;
  • Umid Agzamovich Mahmudov (1987) — Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi.

Gumonlanuvchilar qamoqqa olinib, tergov davom etmoqda.

Fuqarolardan ushbu shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rgan bo‘lsa, 71−206−45−69, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlari yoxud 99−370−73−94 Telegram raqami orqali IIBBga murojaat qilish so‘raldi. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Prezident joriy haftada korrupsiya jinoyatlari uchun mansabdor shaxslarning hibsga olinishi va jinoiy guruhlar vakillariga qarshi reydlarga izoh bergandi.

Avvalroq poytaxt IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev “ko‘cha bolalari” qarzdor fuqarolardan qo‘rqitish va do‘pposlash yo‘li orqali pul undirib kelganini aytgandi. “Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi, desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi”, — degan u.