BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish “Tolibon” taqiqidan keyin 95 foizgacha kamaydi. Ko‘plab afg‘on fermerlari bug‘doy yetishtirishga o‘tgan.
“Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tuzilmoqda va u muzokaralar o‘tkazish uchun yil oxirigacha Afg‘onistonga yuboriladi, deya ma’lum qildi “Gazeta.uz” bilan suhbatda delegatsiya a’zosi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov.
BMTning global ta’lim bo‘yicha maxsus elchisi Gordon Braun Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni Afg‘onistonda ayollar va qizlarga nisbatan diskriminatsiya uchun “Tolibon”ni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
AQSh “Tolibon” harakatini “inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga olib keluvchi siyosatini, ayniqsa, ayollarga nisbatan qayta ko‘rib chiqishga” chaqirdi. “Tolibon”, o‘z navbatida, Afg‘oniston Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini qaytarishni so‘radi.
“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi ayollar go‘zallik salonlarini yopishga buyruq berdi. Avvalroq mamlakatda ayollarga o‘qish taqiqlangan, hijob o‘rash esa shart etib belgilangandi.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri “Gazeta.uz” muxbirining “Tolibon” Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali haqidagi savoliga javob berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu masalada “Tolibon”ga yordam ko‘rsatadi. “Bu kanal ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan do‘stlik kanali bo‘ladi”, — dedi u.
BMT hisobotida aytilishicha, “Tolibon” bir qator terroristik guruhlar bilan aloqada va terrorizm tahdidi Afg‘onistonda ham, mintaqada ham kuchaymoqda. “Tolibon” rahbariyati ichida ham kelishmovchiliklar bor. “Tolibon” bu hisobotni “asossiz va noxolis” deb atadi.
Eron-Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘lgan otishmada kamida 3 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat Hilmand daryosi suvidan foydalanishdagi nizo sababli keskinlashgan.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati TIV yaqin orada ayollar va qizlarga «islom formati, afg‘on an’analari va shariat qonunlari asosida» o‘qish va ishlash imkoniyati qaytarilishini ma’lum qildi.
«Tolibon» giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi oldingi tuzumga qaraganda qat’iyroq kurashmoqda, dedi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev. U narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ortishi emas, zaxiralardan foydalanish bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
«Tolibon»ga Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni boshlash uchun hali ham kech emas, dedi Yevroittifoq maxsus vakili Tomas Niklasson. U aksariyat afg‘onlar qarorlar qabul qilish jarayonidan chetda qolganini ta’kidlab, inson huquqlarining poymol etilishi va qo‘rquvga asoslangan jamiyat qurish xavfi haqida gapirdi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati TIV rahbari Amirxon Muttaqiy mamlakat barcha va’dalarini bajarayotganini aytib, AQShni «so‘zsiz va hech qanday shartlarsiz» afg‘on aktivlarini qaytarishga chaqirdi. U barchani Afg‘onistonga mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka xizmat qiladigan sarmoyalar kiritishga ham chorladi.
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi doirasida Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarlari — Mulla Abdul G‘ani Barodar va Abdusalom Hanafiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.
O‘zbekiston o‘tgan yil avgustida mamlakatga uchib kelgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki ular AQSh mulki hisoblanadi va bu masala rasmiy Vashington tomonidan hal qilinishi kerak. Bu haqda «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Qobulda «Tolibon» rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘oniston orqali o‘tayotgan transport vositalari va yuklar harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqishga kelishilgan. Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlarining transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.
Yevropa hududida ishsizlik darajasi rekord darajada pasaygani, AQSh tashqi qarzining 30 trln dollardan oshgani, Boris Jonson rus askarining Ukraina hududiga qadam bosishi bilanoq sanksiyalar joriy qilishini ma’lum qilgani, Tojikistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natishi, «Tolibon» hukumatida ilk bor ayollar boshqaruv lavozimiga tayinlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Bir hafta ichida dunyoda rekord darajada COVID-19'ga chalinish holatlari aniqlangani, Germaniyada Telegram`ning bloklanishi mumkinligi, Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar tufayli 240 mln dollardan ko‘proq zarar ko‘rgani, «Tolibon» Afg‘onistonning kelasi uch oy uchun 509,4 mln dollarlik budjetni tasdiqlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylarini ushbu davlatlarga olib ketilgan afg‘on samolyotlari va vertolyotlarini qaytarishga chaqirdi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati mudofaa vaziri v. b. Muhammad Yoqubning aytishicha, agar davlatlar buni qilmasa, «ularni buning oqibatlari kutmoqda».
COVID-19 infeksiyasiga chalinish holatlari bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatilgani, 2021 yilda 10 ta tabiiy ofatning dunyo iqtisodiyotiga 170 mlrd dollardan ortiq zarar yetkazgani, «Tolibon»ning Kobulda namoyishchi ayollarga qarata o‘q uzgani, Isroil dekabr oyida Suriya portiga ikkinchi marta zarba bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting