Surxondaryoning Termiz tumanida fuqaro E.R. «N.J.» fermer xo‘jaligiga tegishli 30 sotix yer maydonini fuqaro B.ga o‘zining yer maydoni sifatida ko‘rsatib, uni 105 mln so‘mga sotishga kelishib olgan.

Hujjatlarni keyinchalik rasmiylashtrib berishni va’da qilib, oldindan 70 mln so‘mni olgan vaqtda tekshiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Tekshiruv davomida, E.R. o‘z aybiga iqror bo‘lib, 15 mln so‘mni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.