DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatida o‘z qarindoshini o‘ldirish uchun qotil yollagan fuqaro hisbga olindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ta’kidlanishicha, Sariosiyo tumanida yashovchi 66 yoshli M.A. o‘zining tengdoshi bo‘lgan qarindoshini o‘ldirishni so‘rab termizlik A.B.ga murojaat qilgan. Buning evaziga esa unga 50 million so‘m berishini ma’lum qilgan.

24 iyul kuni huquq-tartibot organlari xodimlari Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. oldindan kelishilgan puldan 1,8 million so‘mni «yollanma qotilga» berayotgan vaqtida ushlangan.

Gumondorga M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Agar uning aybi sud jarayonida ham o‘z isbotini topsa, M.A. 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.