5 may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi «Alpomish» kurash majmuasi binosining tom qismi qulab tushdi. Qurilish vazirligi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyat tufayli hozirgi vaqtda kurash zali tomining yarmi — taxminan -1700 m. kv. buzilib, yerga qulab tushgan. Uning umumiy maydoni -2800 m. kvga teng. Buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelgan.

Ma’lumot uchun, kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, «Kislovodsk» tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydanilgan. Bino 1999 yilda qurilgan.