Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro X.X. Surxondaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan dron yordamida o‘tkazilgan tezkor reydda aniqladi.

Aniqlanishicha, fuqaro daryo o‘zani tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzgan.

Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70−1-moddasiga asosan BHMning 30 baravari — 9 000 000 so‘m miqdorda ma’muriy jarima qo‘llanildi. Uning texnikalari esa hududdan chiqarib yuborildi.