10 may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog‘li hududida kuchli yomg‘ir natijasida Zoxona qishlog‘ida sel yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida Uzun tuman «Xursan» mahallasida yashovchi fuqaro va uning chorva mollari ularni boqib yurgan vaqtida selda oqib ketdi. U tabiiy ofatdan qutilib qolgan. Shuningdek, o‘zining Nexia avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida FVB rahbariyati, qutqaruvchilar, Milliy gvardiya, IIB, prokuratura va tegishli xizmatlar jalb etilgan.

70 nafar mahalliy aholi bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.