Surxondaryo viloyatidagi To‘palang GES 75 mln 400 ming yevro evaziga modernizatsiya qilindi. Sinov ishlari to‘liq yakunlangach, GES 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Prezident 2019-yilda u yerdagi ishlar bilan tanishib, jarayonni “tarixiy voqea” deb atagan.
Surxondaryo viloyatida feldsherlar sinov tariqasida “tez yordam” chaqiruviga skuterlarda ham bormoqda. Bunda tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura olish maqsad qilingan. Ular ahvoli og‘ir bo‘lmagan bemorlarga birinchi yordamni ko‘rsatib qaytadi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida dakara navli ertapishar qovun va do‘lbe navli tarvuz yetishtirilib, qovundan ilk hosil olindi. Yetilishiga 4 oy vaqt ketgan poliz mahsulotlari ichki bozorga yuborilmoqda. Foto.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmagani uchun” barcha o‘rinbosarlariga ogohlantirish berdi. Shuningdek, qator hududlarda tuman hokimlari o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanadigan bo‘ldi.
“Mehribonlik korpusi” va MakGovern-Doul dasturi tomonidan Surxondaryo va Qoraqalpog‘istondagi 58 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitob burchaklari ochildi. Ushbu muassasalarga to‘rt tilda salkam 5800 ta kitob hadya qilingan.
Sherobod tumanida erkak shar’iy nikohdagi ayolini mast holida farzandining ko‘z o‘ngida kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Unga 16 yil qamoq jazosi berildi. Erkak avval ham qasddan og‘ir jinoyatlar sodir etgani sababli xavfli retsidivist deb topildi.
Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).
Termiz davlat universiteti 4-kurs talabasi o‘zi amaliyot o‘tagan bankda fuqaroning karta ma’lumotlarini o‘zlashtirib, 75,7 mln so‘mni yechib olganlikda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Agar uning aybi tasdiqlansa, 3−5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Surxondaryoning 13 ta tumanida xalq deputatlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida yangi hokimlar tasdiqlandi. Sessiyalarda viloyat hokimi v. b. Ulug‘bek Kosimov va O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi vakillari ishtirok etishdi.
Surxondaryoning yangi tayinlangan hokimi Denovda fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda yerlarni paxtaga tayyorlash, shudgor qilish haqida ko‘rsatma bergan. Hokimning topshirig‘i bajaralishi uchun karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalar haydalmoqda. Fermerlar bu holatga ochiq norozilik bildirishdan qo‘rqmoqda.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Surxondaryoda Muzrabot tumanining sentabrda ishdan olingan sobiq hokimi Erkin Alimov davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. U 4,2 gektar yerni qarindoshlariga rasmiylashtirgani, banklar ham uning qarindoshlariga 166 mlrd so‘mlik kredit ajratgani aytilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov prezident qarori bilan o‘zgalarni haqorat qilgani, hokimlarga qo‘yilgan talablarni bajarmagani va o‘z faoliyatini davlat siyosatiga mos ravishda tashkil etmagani uchun jarimaga tortildi.
Abdurasul Abduraxmanov Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat bo‘yicha boshqarmasida faoliyat yuritgan.
Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasiga ortilgan 22 tonna kartoshka orasiga 154 kg «gashish» yashirib qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu giyohvandlik moddasi kartoshkalar ko‘rinishida qadoqlangan.
Denov tumanida tez tibbiy yordam muassasasi hodimi fuqaroni o‘zi ishlayotgan joyga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1300 dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
FVV Denovdagi savdo majmuasida yuz bergan portlash oqibatida jami 226 ta ko‘chmas mulkka 22,6 mlrd so‘mlik zarar yetganini ma’lum qildi. Talofat ko‘rgan binolarning 25 tasi yaroqsiz deb topilgan, shundan 13 ta xonadon egalari boshqa joyga ko‘chirilib, uylari ta’mirlab berilmoqda.
Nukusda muz o‘rtasida qolib ketgan bolalar, O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlangan Farhod Arziyev, 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganini aytgan YPX xodimi, Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullangan Narzullo Oblomurodov, aholi piyoda yurgani uchun to‘langan 43,4 mlrd so‘m, Top-5 talikka kirgan shaxmatchi Javohir Sindarov, Yangi yilda o‘zbekistoniklar eng ko‘p qanday sovg‘a kutayotgani haqidagi so‘rovnoma va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 30 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Milliy arxeologiya markazi xodimlari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Ko‘xitang tog‘ida o‘rta paleolit davriga oid yangi yodgorlikni aniqladi.
To‘palang suv omboridan Surxondaryo viloyatigacha magistral suv quvurini yotqizish loyihasining qiymati 138 mln dollar deb baholanmoqda. Hukumatning yopiq qarori bilan bosh pudratchi sifatida To’palang HPD Platinum kompaniyasi tanlangan. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘li direktori va ta’sischisi bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting