24-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Soat 16:38 da qayd etilgan zilzila koordinatalari: 37,56 gradus shimoliy kenglik; 67,87 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 5 km. Bu silkinish kuchi Jarqo‘rg‘on tumanida 2 balli darajada sezildi.

Bu viloyatda kecha tongdan buyon ketma-ket yer silkinishlari qayd etilmoqda. Xususan, 23-noyabr kuni hududda jami 4 bor zilzila ro‘y berdi. Barcha silkinishlarning epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tmiz, kecha 22:38 da Samarqand viloyati Narpay tumanida 2,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.