«sodiq safoyev» tegli maqolalar


14 sentabr 2021, 10:13

«Asosiysi, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish» — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Afg‘onistonda, birinchi navbatda, gumanitar inqirozning oldini olish kerakligini ta’kidladi. «Buning uchun biz mamlakatdagi haqiqiy real hokimiyat bilan ish olib borishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q», — dedi u.

11 sentabr 2021, 09:07

«Hozir O‘zbekistondagi boshqa siyosiy arboblar Shavkat Mirziyoyevga bas kelolmaydi» — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning oxirgi 5 yilda qilgan ishlari uning obro‘si ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. U hozirgi kunda O‘zbekistondagi boshqa biror siyosiy arbob to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaldagi prezidentga bas kelishi qiyinligini ham ta’kidladi.

10 sentabr 2021, 12:10

Muxolifat bo‘lishidan O‘zbekiston jamiyati manfaatdor — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor. Senator muxolifat tabiiy tuzilishi kerakligini aytib, «hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak» degan aqidani esladi. U OAVlarini hozirgi kunda nihoyatda muhim muxolifat deb bilishini qayd etdi.

18 avgust 2021, 13:06

«20 yil oldingidek Afg‘onistonni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermaslik kerak» — Sodiq Safoyev

Senat raisining o‘rinbosari Sodiq Safoyev mintaqaviy loyihalar orqali Afg‘onistonni mintaqa va jahon bozoriga bog‘lash, u yerdagi iqtisodiyotni rivojlantirish urush ehtimolini kamaytirishini qayd etdi. «Biz ko‘p yillar tayyorlagan Afg‘oniston bilan bog‘liq yirik iqtisodiy loyihalar kechiktirilmasligi kerak», — dedi u. Shuningdek, Safoyev xalqaro hamjamiyat 20 yil oldingi xatoni takrorlamasligi, Afg‘onistonni ekstremistik kuchlar qo‘liga berib qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi.

23 iyul 2021, 15:25

Sodiq Safoyevga Diplomatiya universiteti rektori vazifasi yuklatildi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

23 iyun 2021, 11:21

O‘zbekiston TURKPAga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi — OAV

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilganligini ma’lum qildi.

4 mart 2021, 15:40

«Xalqaro hamjamiyatga har qanday qo‘shilish suverenitetni cheklashdir» — Sodiq Safoyev JST va YeOII haqida

Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida YeOII yetarlicha o‘rganilmaganligi, shuning uchun avval kuzatuvchi bo‘lishga qaror qilinganligini aytdi. U shuningdek, xalqaro hamjamiyatga har qanday tarzda integratsiya qilish shaxsiy suverenitetni cheklashni anglatishini ta’kidladi.

4 mart 2021, 12:25

«Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman». Sodiq Safoyev — prezident saylovlari to‘g‘risida

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 2021 yilgi prezident saylovlari oldingi yillarda o‘tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo‘lishini aytdi. U davlat rahbari lavozimiga Shavkat Mirziyoyevdan boshqa loyiq nomzodni ko‘rmayotganligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, senator alternativ dastur va nomzodlarsiz «saylovlar to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting