Hukumat qarori bilan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar bermoqda.

Sodiq Safoyev 2005 yilda mazkur universitetning rektori vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JIDU rektori Komiljon Karimov oliy ta’lim vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Sodiq Safoyev turli yillarda tashqi ishlar vaziri, O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

2015 yildan — Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritibk kelmoqda.