«ses» tegli maqolalar


Soxta SES xodimlari noma’lum dorilarni sotishmoqda — Sanitariya epidemiologiya xizmati ogohlantirdi
30 yanvar 2023, 18:42

Soxta SES xodimlari noma’lum dorilarni sotishmoqda — Sanitariya epidemiologiya xizmati ogohlantirdi

Sanitariya epidemiologiya xizmati o‘zini SES xodimlari deya tanishtirib, kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Shunday holatlar yuz bersa, fuqarolar ulardan xizmat guvohnomasi, ish joyi va dorini sotishga asos so‘rashga haqli, deyiladi SES xabarida.

Toshkentdagi qurilishning 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi
18 yanvar 2023, 17:31

Toshkentdagi qurilishning 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi

Poytaxtdagi qurilish firmalarining birida 20 nafar ishchi ovqatdan zaharlangani aniqlandi. Ular tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan. SES xabariga ko‘ra, hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.

Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechmoqda — SES
16 yanvar 2023, 09:57

Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechmoqda — SES

Anomal sovuq kunlarda o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishi mumkin. Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechayotganini hisobga olib, SES fuqarolarni shamollash belgilari kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik, gumon bo‘lganda, koronavirusga test topshirishga chaqirdi.

Sinf xonalarida harorat 16−21 daraja iliq bo‘lishi kerak — SES
12 yanvar 2023, 17:31

Sinf xonalarida harorat 16−21 daraja iliq bo‘lishi kerak — SES

Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq havo harorati yengil jismoniy ishda +21 daraja, o‘rtacha og‘ir ishda 17 va og‘ir ishda 16 gradusdan past bo‘lmasligi kerak.

O‘zbekiston maktablarida o‘quv yuklamalari kamaytirildi
9 yanvar 2023, 09:22

O‘zbekiston maktablarida o‘quv yuklamalari kamaytirildi

Amaldagi sanitariya-epidemiologik normalariga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, maktablarda dars soatlari qisqaradi.

Bir haftada 2310 nafar shaxs karantinga olindi — Nurmat Otabekov
24 noyabr 2022, 10:39

Bir haftada 2310 nafar shaxs karantinga olindi — Nurmat Otabekov

So‘nggi 7 kunda 2310 kishi kovid yuqtirib olganlar bilan aloqada bo‘lganlikda gumonlanib, karantinga olindi. Shifoxonalarda esa 539 nafar bemor davolanmoqda. «Hozirda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar kovid bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida aniqlanmoqda», — dedi SES rahbari o‘rinbosari.

Hozirga qadar O‘zbekistonda vaboga chalingan bemor aniqlanmagan — SES
25 iyul 2022, 14:00

Hozirga qadar O‘zbekistonda vaboga chalingan bemor aniqlanmagan — SES

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda vabo kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov buni rad etib, hozirgacha mamlakatda umuman vabo aniqlanmaganini ma’lum qildi. SES ochiq suv hafzalari va ichimlik suvini vaboga qarshi muntazam tekshirib turgani qo‘shimcha qilindi.

SES Qurbon hayiti namozi vaqtida karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi
8 iyul 2022, 16:05

SES Qurbon hayiti namozi vaqtida karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi

SES Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarning sanitarik holatini va karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun mutaxassislar biriktirilishini ma’lum qildi. Masjidlar atrofida tashkil etiladigan oziq-ovqatlarning noqonuniy savdosi nazoratga olinadi.

SES: Niqob rejimi hozircha joriy etilgani yo‘q, ammo niqob taqish tavsiya etiladi
29 iyun 2022, 22:46

SES: Niqob rejimi hozircha joriy etilgani yo‘q, ammo niqob taqish tavsiya etiladi

Oxirgi vaqtlar koronavirusga chalinayotganlarning 90 foizi — emlanmagan kishilar. SES hozircha niqob rejimi joriy etilmagani, biroq «salomatlik va xavfsizlik uchun» niqob taqish tavsiya etilishini ma’lum qildi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishlarda rasmiylar niqob ko‘rinish bermoqda.

SES dehqon bozorlaridagi qoidabuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi
18 iyun 2022, 07:20

SES dehqon bozorlaridagi qoidabuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi

SES besh oy davomida O‘zbekistondagi 61 ta dehqon bozorida mahsulotlarni sotishda sanitariya qoidalari buzilganini aniqladi. Bozorlarning beshdan bir qismi kanalizatsiyaga ulanmagan, boshqa qoidabuzarliklar ham bor.

Litsenziya olish jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmagan — SES «Guangjou» klinikasi haqida
25 aprel 2022, 21:55

Litsenziya olish jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmagan — SES «Guangjou» klinikasi haqida

SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov «Guangjou» klinikasining Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi filiallari litsenziya olishi jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmaganini ma’lum qildi. Agarda noqonuniy holat kuzatilsa, litsenziya berilmagan bo‘lardi, deya ta’kidladi u.

UNICEF O‘zbekistonga vaksinalarni saqlash uchun $500 mingdan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi
15 fevral 2022, 18:05

UNICEF O‘zbekistonga vaksinalarni saqlash uchun $500 mingdan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi

UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksinalarni saqlash omborlari uchun 500 ming dollardan ko‘proq qiymatdagi 118 muzlatgich, 7 ming dona termosumka va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini topshirdi (foto).

«Elektr energiyasi o‘chgan vaqtda birorta ham vaksina yaroqsiz holga kelmagan» — SES
27 yanvar 2022, 17:45

«Elektr energiyasi o‘chgan vaqtda birorta ham vaksina yaroqsiz holga kelmagan» — SES

Sanitariya-epidemiologik xizmati «Gazeta.uz»ga izoh berishicha, 25 yanvar kuni kuzatilgan elektr ta’minotidagi uzilishlar paytida hududlardagi vaksinalarni saqlash omborlari va vaksinalar mavjud poliklinikalar elektr toki bilan uzluksiz ta’minlangan. «Elektr energiyasi o‘chishi natijasida bironta ham vaksina yaroqsiz holga kelmagan», — deydi SES matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov.

Kuniga o‘rtacha 45−50 mingta PZR-test olinmoqda — SVV
19 yanvar 2022, 18:05

Kuniga o‘rtacha 45−50 mingta PZR-test olinmoqda — SVV

O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 45−50 ming nafar fuqaro koronavirusni aniqlash maqsadida PZR-test topshirmoqda. Dekabrning so‘nggi haftasida ushbu ko‘rsatkich 15−20 mingtani tashkil qilgandi. Qolaversa, poytaxtning 12 ta tumanida 24 soat davomida kovidga bepul test topshirish mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxati e’lon qilindi.

O‘zbekistonda emlanishdan bosh tortgan 26 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatildi
19 noyabr 2021, 10:11

O‘zbekistonda emlanishdan bosh tortgan 26 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatildi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 26 008 nafar shaxslar ishdan vaqtinchalik chetlatildi. Yana 2 225 ta xolatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 175 ta obyektga nisbatan esa faoliyatini vaqtinchalik muddatga to‘xtatish chorasi qo‘llanildi.

Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni qanday olish mumkin?
14 avgust 2021, 14:21 7

Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni qanday olish mumkin?

Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni qanday va qayerda olish mumkin? Vaksina olganlik to‘g‘risida SMS-xabar kelmasa, nima qilish kerak? Qaysi davlatlar O‘zbekiston SSV tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olgan? O‘quvchilar so‘rovlari asosida «Gazeta.uz» ushbu va boshqa savollarga javob oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting