O‘zbekistonning barcha xududlarida 9 iyul kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarning sanitarik holatini hamda karantin qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish uchun SES mutaxassislari biriktiriladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabariga ko‘ra, namoz o‘qiladigan joylar yon-atrofida tashkil etiladigan oziq-ovqat savdosi obyektlarida va savdo yarmarkalarida xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan hamda tez buziluvchan va uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdosining oldi olinadi.
Savdo obyektlarida, yarmarkalarda savdo qiluvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan to‘liq o‘tganligi va maxsus ust-bosh bilan ta’minlanganligi ham nazoratga olinadi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bundan tashqari, tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda, savdo yarmarkalari joylashgan hududlarda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya ishlari tashkil etiladi.