O‘zbekistonda har kuni o‘tkaziladigan koronavirus aniqlash bo‘yicha PZR testlari soni so‘nggi kunlarda o‘rtacha 45−50 mingtagacha o‘sdi. Bu bo‘yicha «Gazeta.uz» so‘roviga javoban, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga asoslanib, SSV xabar berdi.

5−15 yanvar kunlari mamlakatimizda jami 300 mingdan ziyod PZR-test sinamasi o‘tkazilgan.

2021 yil dekabr oyining oxirgi haftasida mamlakatda kuniga 15−20 mingta shu kabi test tahlillari o‘tkazilgan, deya ma’lum qildi SSV.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga kunlik chalinish holatlari 5 yanvar sanasidan boshlab ortib bormoqda. 18 yanvar, seshanba kuni 1214 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Bunga qadar, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati poytaxtdagi koronavirus infeksiyasiga bepul PZR test topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar manzilini e’lon qilgandi:

  • Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi — Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy;
  • Uchtepa tumani bo‘limi laboratoriyasi — Uchtepa tumani, Chilonzor 21;
  • Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasi — Sergeli tumani, Sergeli 3−14;
  • Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriyasi — Chilonzor tumani, Lutfiy-4−14;
  • Yunusobod tumani bo‘limi laboratoriyasi — Yunusobod tumani, Yunusobod 8−34;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi laboratoriyasi — Mirzo Ulug‘bek tumani, Qarmoq ko‘chasi, 1 A-uy;
  • Bektemir tumani bo‘limi laboratoriyasi — H.Boyqaro ko‘chasi, 48-uy;
  • Mirobod tumani bo‘limi laboratoriyasi — Sarako‘l ko‘chasi, 76-uy;
  • Shayxontohur tumani bo‘limi laboratoriyasi — Xadra massivi, 17 A-uy;
  • Yashnobod tumani bo‘limi laboratoriyasi — Maxtumquli ko‘chasi, 1-berk, 6-uy;
  • Yakkasaroy tumani bo‘limi laboratoriyasi — Bobur ko‘chasi, 2-berk A 22-uy;
  • Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasiga murojaat etadi — manzili Sergeli tumani, Sergeli 3−14.

Ushbu laboratoriyalarda PZR test tahlillari har kuni 24 soat davomida bepul o‘tkaziladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining 12 ta tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshlagandi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).