Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida havo harorati +16 darajadan past bo‘lmasligi kerak, deb eslatma bermoqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati.

Xususan, fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat +18 — 21 daraja, havoning namligi 40−60 foiz bo‘lishi kerak.

Ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. Muassasada kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda, davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda hududda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.

Shuningdek, informatika o‘quv xonasini yerto‘lalarda joylashtirish taqiqlanadi. O‘quv ustaxonalaridagi ish o‘rni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilingan bo‘lishi kerak.