Sanitariya-epidemiologiya xizmatining ma’lum qilishicha, amaldagi sanitariya-epidemiologik normalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, umumta’lim maktablarida haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:

  • 1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.
  • 2−4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi).
  • 5−9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
  • 10−11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun 33 hafta, 2−11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.