Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.
Ma’lum qilinishicha, qurilish firmasining ishchilari tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.
“Bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli ekanini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Xizmat fuqarolarga sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, iste’mol uchun mo‘ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni so‘radi.