oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistonda 2−10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xabar berdi.

sentabr oyida SES ko‘rsatma xati asosida mamlakatning barcha hududlarida bolalar bog‘chalari va boshlang‘ich sinf maktab o‘quvchilari ichak gelmintiozi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida degelmintizatsiya tadbirlaridan ikki haftadan so‘ng xuddi shu kontingentlar orasida laboratoriya tekshiruvlari qayta amalga oshiriladi, ya’ni degelmintizatsiyadan oldin va keyin bolalarda ichak gelmintozlari bilan kasallanish darajasi o‘rganiladi.

O‘tgan yillarda o‘tkazilgan bunday tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatdi, ya’ni gelmintlar bilan kasallanish 3−4 martaga kamaydi, deyiladi qo‘mita xabarida.

Gelmintioz — bu inson tanasida, asosan bolalarda gelmintlarning (qurtlarning) parazitlanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.

Ommaviy degelmintizatsiya maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda yiliga ikki marta amalga oshiriladi.