Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilishi doirasida Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Misr prezidentlari, shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot qildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi rahbari, Osiyo olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovni faxriy yorliq bilan taqdirladi.
Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha o‘rtoqlik turnirida mamlakat prezidenti Sadir Japarov ham qatnashib, jami 9 ta gol urib, turnir to‘purari bo‘ldi. Biroq davlat rahbarining jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev Istanbulda uchrashdi. Qirg‘iz prezidenti matbuot xizmati yozishicha, O‘zbekiston yetakchisi «ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 1 mlrd dollarga oshirish uchun real imkoniyat mavjud», deya ta’kidlagan. Sadir Japarov hamkasbini yana bir bor Qirg‘izistonga taklif qildi.
COVID-19 qurbonlari sonining 5 milliondan oshgani, Tokioda erkak kishining o‘lim jazosiga hukm qilinish uchun metroda yo‘lovchilarga hujum qilgani, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov samolyotining Buyuk Britaniyaga kiritilmagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Davlat apparati hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruvning davlat organlari tuzilmasining optimallashtirilishi, takrorlanadigan va keraksiz funksiyalarning yo‘q qilinishi, shuningdek, davlat apparatini saqlash uchun byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Issiqko‘l viloyatiga safari chog‘ida mast haydovchi boshqargan avtomobil uning kortejiga urilib ketdi.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini muborakbod etdi va qirg‘iz-tojik chegarasidagi so‘nggi voqealar, qolaversa, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasidagi qolgan uchastkalarni huquqiy ro‘yxatga olish masalalarini muhokama qilishdi.
«Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan ham kiritish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning norasmiy sammitida qatnashib, bir qancha takliflarni ilgari surdi. Kengashning yaqin va o‘rta istiqboldagi iqtisodiy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish, qolaversa, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish shular jumlasidan.
Prezident Sadir Japarov Qirg‘iziston siyosiy beqarorlik natijasida zavod-fabrikalar qura olmagan bir paytda O‘zbekiston 40−50 yil oldinga ilgarilab ketganini ta’kidladi. U tomonlarda chegara masalasida jiddiy kelishmovchiliklar yo‘qligini ham qayd etib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi texnoparkka tashrifi paytida Qirg‘izistonga O‘zbekiston xalqi nomidan 20 ta tez yordam mashinasi sovg‘a qilinganligini e’lon qildi. Bunga javoban prezident Sadir Japarov sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Toshkent shahridagi texnoparkka bordi. Davlat rahbarlari O‘zbekistonning sanoat, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Yakunda Qirg‘iziston xalqiga tez tibbiy yordam mashinalari sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari suvdan foydalanish va energetika, chegaralarni delimitatsiya qilish, iqtisodiy hamkorlik va transport-logistika masalalarini muhokama qildilar. Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘l loyihasini jadallashtirish muhimligini ta’kidladi, Sadir Japarov Sirdaryo havzasi resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani yangilashni taklif qildi.
O‘zbekiston va Kirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalarini uch oy ichida hal etish belgilanmoqda, deya bayonot berdi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlar [yechimini] kutayotgan ba’zi masalalarni biz yaqin kelajakda aniq hal etamiz. Byurokratiyasiz, fuqarolarimizga qulay va yaxshiroq bo‘lishi uchun jiddiy mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga qaror qildik”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Tor doirada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga taklif qildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston — Qirg‘iziston davlat chegarasi masalalari ham muhokama qilindi. Qolaversa, har ikki davlat yetakchilari navbatdagi shu kabi formatdagi uchrashuvni 2021 yilda o‘tkazish istagini bildirishdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doiradagi muzokaralarni o‘tkazishga yo‘l olishdi.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Kun tartibidan — konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.
Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ikki mamlakat tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosarlari tomonidan muhokama qilindi. Tashrif qachon uyushtirilishi hozircha ma’lum emas.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting