17 dekabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha o‘rtoqlik turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda davlat rahbari Sadir Japarov Prezident administratsiyasi jamoasi safida ishtirok etdi. Bu haqda Sport AKIpress nashri xabar berdi.

Sadir Japarov dastlabki ikki o‘yinda 5 ta gol urdi va ikki o‘yindan keyin to‘purarga aylandi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa yana 4 ta gol urib, turnir to‘purari bo‘ldi. Yana bir esda qolarli voqea — xonandalardan iborat jamoa darvozaboni prezidentning boshiga zarba berdi va penalti belgigandi. Prezident penaltini golga aylantirdi.

Prezident jamoasiga yarim finalda omad kulib boqmadi — ularga qarshi «Alga» professional jamoasining 70 yoshli pensionerlari to‘p surdi. Ular boshqa jamoa futbolchilaridan farqli o‘laroq, turnirda yaxshiroq harakat qildi. Natijada ular prezident jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan bahsda prezident jamoasi «Biznes» jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.

O‘tgan oy Turkmanistonda prezident Berdimuhamedov futzal bo‘yicha ko‘rgazmali o‘yinda ishtirok etgan edi. U o‘yinning 90% vaqtida to‘pni nazorat qilgan va ko‘plab gollar kiritgan.

«Turnirdan keyingi xulosa quyidagicha — bu barcha tanqidchilarga Qirg‘iziston hali Turkmaniston emasligini ko‘rsatish uchun ajoyib misol bo‘ldi», — deyiladi xabarda.