«portlash» tegli maqolalar


Samarqandda gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 1 kishi jarohatlandi
10 may 2023, 09:27

Samarqandda gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 1 kishi jarohatlandi

Paxtachi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa tufayli, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta Isuzu yonib zararlandi, 1 kishi jarohat oldi.

Namangandagi sexda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
16 fevral 2023, 12:12

Namangandagi sexda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Namangan tumanidagi cho‘yan quyish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana bir ishchi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangandagi portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi
7 fevral 2023, 12:27

Namangandagi portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi

Kosonsoy tumanidagi uyda portlash ro‘y berib, 5 kishi jarohat oldi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda uy portlashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi
7 fevral 2023, 10:18

Namanganda uy portlashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Kosonsoy tumanidagi uyda sodir bo‘lgan portlash sababli jarohatlangan 4 fuqaro shifoxonaga olib ketildi. Voqeani FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» xodimlari o‘rganmoqda.

Chorvoqdagi uyda portlash sodir bo‘lib, 4 kishi shifoxonaga olib ketildi
31 yanvar 2023, 08:49

Chorvoqdagi uyda portlash sodir bo‘lib, 4 kishi shifoxonaga olib ketildi

Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onida uy portladi. Hodisa oqibatida 4 fuqaro turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Nukusdagi portlash qurbonlari soni 5 nafarga yetdi
30 yanvar 2023, 11:36

Nukusdagi portlash qurbonlari soni 5 nafarga yetdi

Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nukusdagi portlashda halok bo‘lgan marhum — Salamat Raziyev
30 yanvar 2023, 11:21

Nukusdagi portlashda halok bo‘lgan marhum — Salamat Raziyev

«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqladi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.

Qoraqalpog‘istonda oshxona portlab, bir kishi halok bo‘ldi
27 yanvar 2023, 15:22

Qoraqalpog‘istonda oshxona portlab, bir kishi halok bo‘ldi

Xo‘jayli tumanida 25 yanvar kuni soliq inspeksiyasi oshxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2023, 09:45

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gulistondagi uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga olib ketildi.

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi
19 yanvar 2023, 13:48

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi
18 yanvar 2023, 18:10

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlab, 2 kishi jarohatlandi

Boyovut tumanidagi uylarning birida gaz portlashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa sabab 2 kishi jarohat olib, kasalxonaga yuborildi.

«Muzlar erimagunicha teginmaslik kerakligini aytgandim» — TerDU litseyidagi portlash jabrlanuvchisi
17 yanvar 2023, 15:15

«Muzlar erimagunicha teginmaslik kerakligini aytgandim» — TerDU litseyidagi portlash jabrlanuvchisi

TerDU akademik litseyi qozonxonasidagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Qozonxonada sovuqlar boshlanganidan beri ketma-ket muammolar kuzatilgan. Hozirda litsey rahbariyati tergovga jalb etilgan. «Gazeta.uz» muxbiri voqeani o‘rgandi.

Termizdagi litsey qozonxonasi portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi jarohat oldi
16 yanvar 2023, 16:12

Termizdagi litsey qozonxonasi portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi jarohat oldi

TerDU akademik litseyi qozonxonasi portladi. 2 kishi halok bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi
4 yanvar 2023, 10:35

Buxorodagi o‘quv markazi yerto‘lasida portlash yuz berdi

Buxoro shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan o‘quv markazi yerto‘lasida portlash sodir bo‘ldi. 3 dona eshik va rom joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan. Jarohat olganlar yo‘q.

Qashqadaryodagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi
26 dekabr 2022, 16:06

Qashqadaryodagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz — TIV
1 dekabr 2022, 10:52

Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi «Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot berdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Istanbulda sodir etilgan portlash sabab Turkiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
14 noyabr 2022, 16:00

Shavkat Mirziyoyev Istanbulda sodir etilgan portlash sabab Turkiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Istanbul shahrida yuz bergan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi.

Istanbulning mashhur Istiqlol ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
13 noyabr 2022, 21:02

Istanbulning mashhur Istiqlol ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Turkiyaning Istanbul shahridagi mashhur Istiqlol ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Hodisada kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralangan.

«Holat prezident nazoratida». Sherzod Asadov Sirdaryodagi portlash haqida
24 oktabr 2022, 16:56

«Holat prezident nazoratida». Sherzod Asadov Sirdaryodagi portlash haqida

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan izoh berar ekan, holat davlat rahbarining nazoratida ekanligini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasi keng jamoatchilikka e’lon qilinadi, dedi u.

Foto: Sirdaryodagi portlash oqibatlari bartaraf etilmoqda
23 oktabr 2022, 16:48

Foto: Sirdaryodagi portlash oqibatlari bartaraf etilmoqda

Sirdaryo viloyati hokimligi harbiy ombordagi portlashdan so‘ng o‘tgan bir sutka davomida zararlangan binolarning yarmidan ortig‘i to‘liq ta’mirlanganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting