Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida qo‘lbola gazli suv tayyorlovchi apparat portlashi sabab bir kishi vafot etdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Voqea15-iyun kuni taxminan soat 12:00 larda Kitob tumani dehqon bozori oldida sodir bo‘lgan. Portlashga tumanning “Guliston” MFYda yashovchi T.Y.ga tegishli qo‘lbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi apparati suv saqlash idishiga kislorodli ballondan ko‘p bosim berilishi sabab bo‘lgan.

Oqibatda Kitob tumani va Shahrisabz shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan D.A. ismli quqaro vafot etgan.

Holat yuzasida Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.