Parij markazida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 37 kishi jabrlandi, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb xabar bermoqda BBC.

Hodisa Fransiya poytaxtining beshinchi okrugidagi Amerika akademiyasi binosida yuz berdi. Portlashdan so‘ng zarar ko‘rgan binoning fasadi qulab tushgan, yong‘in yaqin atrofdagi uylarga ham o‘tgan.