«Paxtakor» futbol klubiga taniqli futbolchi Maksim Shatskix bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub bilan tuzilgan shartnoma 3 yilga mo‘ljallangan.
O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolda ko‘p narsa yo‘qotilgani, ayrim insonlar buni biznes qilib yuborganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘FA rahbari boshqa futbol klublarining maoshlarini ham ochiqlashi haqida aytib o‘tdi.Mana, kecha «Paxtakor» klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz", — deya ma’lum qildi u.
«Paxtakor» futbol klubi asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etdi. Klub bosh murabbiyi yiliga 350 ming yevro ishlab topsa, futbolchilar ichida eng ko‘p daromadni shveysariyalik legioner Eren Derdiyok topadi — yiliga 1 mln 300 ming yevro.
«Paxtakor» homiylari tomonidan ajratilgan 22 mlrd so‘m hisobidan klubning yig‘ilib qolgan qarzdorliklari yopildi. Endilikda jamoaning moliyaviy hisobotlari, futbolchilar ishlab topadigan mablag‘lar va mukofot pullari klub rasmiy manbalarida e’lon qilib boriladi.
«Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar o‘ntaligida 8-o‘rinni egalladi. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning davlat byudjetidan pul olishi so‘raldi. Klub bergan bayonotda buni rad etib, «SFI Management Group» tomonidan moliylashtirilishini qayd etdi. 30 apreldagi hukumat qaroriga asosan jamoaning ulushlari to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Bu haqida batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.
Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta davlat korxonalari reytingiga kirdi. Klub o‘tgan yilda 82,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Paxtakor» futbol klubi oxirgi yillarda davlat byudjetidan mablag‘ olmaganligini ta’kidladi.
O‘zbekiston klublarining Osiyo Chempionlar ligasida ishtiroki, YeCHL va YeL musobaqasida yarim final uchrashuvlari, o‘zbekistonlik bokschi qizga sovg‘a qilingan Nexia-3 avtomobili va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 6-tur uchrashuvini «Eyr Fors» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:0 hisobi qayd etildi va unda O‘zbekiston jamoasining qo‘li baland keldi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Tojikistonning «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 5-tur uchrashuvini «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 4-tur uchrashuvini «Sharja» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi maydonga tushadi.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida 3-tur uchrashuvini «Sharja» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:4 hisobi qayd etildi va unda sharjaliklar g‘alabaga erishishdi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi maydonga tushadi.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida 2-tur uchrashuvni Iroqning «Eyr Fors» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etildi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Tojikistonning «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Ravshan Ermatovning yangi lavozimga tayinlanishi, YeCHL va YeL yarim final juftliklari, «Paxtakor» hamda AGMK jamoalarining OCHLdagi ishtiroki va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.
AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichida dastlabki uchrashuvni «Al Hilol» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida dastlabki uchrashuvni Eronning «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etildi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi «Navbahor» — «Paxtakor» futbol o‘yini vaqtida kelib chiqqan tartibsizliklar bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ikkala jamoaning rasmiylariga intizomiy choralar ko‘riladi. «Navbahor» futbol klubi esa keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazadi.
“Navbahor” — “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng (1:2), namanganlik muxlislar hakamlarning o‘yinda chiqargan qarorlaridan norozi bo‘lib, tartibsizliklar yuzaga keltirishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting