Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan buyon «Paxtakor» klubidagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida ta’kidlagan edi.

Ushbu bayonotga mos tarzda «Paxtakor» asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etdi.

Klub bosh murabbiyi yiliga 350 ming yevro ishlab topsa, futbolchilar ichida eng ko‘p daromadni shveysariyalik legioner Eren Derdiyok topadi — yiliga 1 mln 300 ming yevro. O‘yinchilarning aksariyati yiliga 153 mln so‘m maosh oladi.

Bundan tashqari, ularga o‘yindagi ishtirokiga qarab mukofot puli ham beriladi. Jumladan, himoyachi Yegor Krimets bir yil davomida 4 mlrd so‘mdan ko‘proq mukofot puli olgan.

Foto: «Paxtakor» matbuot xizmati

«Ko‘rsatilgan to‘lovlarning aksariyat qismi homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi», — deyiladi xabarda.